Mustaqillik shukuhi soliq boshqarmasida
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarmaning shaxsiy tarkibi bilan bir qatorda, hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari ham videokonferensiya orqali ishtirok etdi.
Tantanali tadbirni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, o‘tgan yillar davomida mamlakatimiz soliq tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Soha faoliyatini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
[gallery-30864]
Bayram tadbiri doirasida o‘zining ko‘p yillik mehnati, kasbiy fidoyiligi va xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.
Soha fidoyilariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i asosida Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularni soha oldida turgan vazifalarni samarali bajarish va yangi marralar sari intilishga ruhlantirdi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA