Musobaqa qizg‘in pallada
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiruvchi “Toshkent open – 2015” turnirining juftliklar bahsini Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova g‘alaba bilan boshladi.

Birinchi davrada ukrainalik Alona Fomina va Katerina Kozlovaga qarshi kortga chiqqan hamyurtlarimiz raqibalarini 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Endi N.Abduraimova va O.Omonmurodova juftligi rossiyalik Vera Dushevina va chexiyalik Katerina Sinyakova bilan kuch sinashadi. Shuningdek, ushbu davrada hamyurtimiz Vlada Yekshibarova hamda rossiyalik Angelina Gabuyeva juftligi shveytsariyalik Shtefani Fyogele va rossiyalik Yekaterina Bichkova bilan bahslashadi.