“Mushoira” g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Mushoira” ko‘rik-tanlovining Namangan viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovda 14-19 yosh toifasida Husnora Yusufjonova, 20-25 yoshlilar toifasida Jahongir Namozov, 26-30 yosh toifasida Nigora Abdulazizova birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
[gallery-7582]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA