Murojaatnoma – maqsad va tashabbuslarga yo‘l ochadi
«O‘zstandart» agentligi tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida yosh mutaxassislar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalari o‘rganildi.
«Yoshlarni qo‘llab – quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturida metrologiya sohasida ishlayotgan yoshlarning o‘rni va vazifalari shuningdek, davlat rahbarining mamlakat yoshlarining Forumida so‘zlagan nutqi asosida «Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans sari» shiori ostida agentlik tizimidagi yoshlar bilan manzilli ishlarni olib borishga alohida e’tibor qaratildi.

Konstruktiv tarzda olib borilgan suhbat natijalariga ko‘ra, kelgusida agentlik va milliy metrologiya instituti rahbariyatining yoshlar bilan uchrashuvlarini tizimli tashkil etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish va bu jarayonda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi belgilandi.
«O‘zstandart» agentligi matbuot xizmati