Muloqotlarda muhim takliflar aytilmoqda
Shu kunlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 50-Toshkent viloyati Saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan Odiljon Tojiyev aholi bilan muloqotda bo‘ldi. Savol-javoblarda mamlakatimiz va jamiyat rivoji uchun bildirayotgan takliflar o‘rtaga tashlandi.


Shuningdek, Parkent tumanida “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida targ‘ibot tadbiri hamda partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilgan nomzod Zuhra Mirgaziyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Partiya a’zolari, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda partiya va nomzodning Saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi.

Ishtirokchilar e’tirof etganidek, Yangi O‘zbekiston islohotlari jarayonlari, elektorat manfaati, umuman, aholi muammolari chuqur o‘rganilib, atroflicha tahlil etilgan holda tayyorlangan dastur “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bo‘lajak saylovlarda eng yuqori natijaga erishishini ta’minlaydi.
A.Musayev,O‘zA.