Mukofot o‘z sohibalariga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida a’lo xulqi, noyob iste’dodi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun yurtimizning bir guruh iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular qatorida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotova hamda O‘zbekiston xoreografiya akademiyasining Urganch filiali talabasi Risolat Sapayeva ham bor.
[gallery-16581]
Viloyat hokimligida xorazmlik mukofot sohibalarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova va viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov taqdirlangan qizlarni, ularning ota-onalari, ustozlarini bu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA