Muhtojlarga maxsus aravachalar olib berildi
Vatanparvar mahallasida yashovchi 26 yoshli Shahzod Kamolov bolalikdan 2-guruh nogironi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, XDP fraksiyasi aʼzosi Safar Ostonov partiyaning Toshkent shahar kengashi mutasaddilari bilan birgalikda Uchtepa, Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi nogironligi bor yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi.
Bundan oldinroq Uchtepa tumani Nayman mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Mamlakat aya Abzalova nogironlik aravachasi yoʻqligi sababli hovliga chiqolmasligini aytib murojaat qilgan edi. Shu boisdan onaxonga nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi.
Vatanparvar mahallasida yashovchi 26 yoshli Shahzod Kamolov bolalikdan 2-guruh nogironi. Deputat tashabbusi bilan saxovatpesha insonlar koʻmagida Shahzodga maxsus aravacha sovgʻa qilindi. Chilonzor tumanida yashovchi 87 yoshli Mohira aya Yusupova ham mutasaddilar tomonidan sovgʻa qilingan nogironlik aravachasini koʻrib behad quvondi.
– Soʻnggi 2 yil ichida oʻnga yaqin tashkilot xonadonimizga kelib, muammomizni oʻrganib ketgan, – deydi Mohira aya. – Biroq natija boʻlmagani uchun umidimni uzib qoʻygandim. Mana deputat yordamida qisqa vaqt ichida aravachali boʻldim. Yaxshiliklar, yaxshi insonlar koʻpayaversin.