Muhammadjon Valiyev: "Xiyobonlar xalqniki..." (+video)
Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasi kuchaytirilishiga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qonun loyihasi atroflicha muhokama qilinib, birinchi o‘qishda konseptual tarzda qabul qilindi.
Qonun loyihasiga ko‘ra: Madaniy hordiq maskanlarini, ularning yerlarini hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirish, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (yengil turdagi ob’ektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootning qurilish osti maydonini kengaytirish taqiqlanadi;Bunga nisbatan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi.
Barchamizga ma’lumki, istirohat bog‘lari, yashil xiyobonlarimiz shundoq ham kamyob bo‘lib borayotgan “toza havo”ni odamlarimizga beminnat ishlab chiqishga xizmat qiladi. Biroq ayrim tadbirkorlarimiz qisqa muddatli daromadlarni ko‘zlab, ulardagi daraxtlar, yashil hududlarni ayamay, ekologiyaga zarar yetkazib qo‘yayotgandi. Bu kabi holatlarga qonun darajasida nuqta qo‘yish vaqti allaqachon kelgandi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu qonun loyihasi qabul qilinsa, mas’ullarimizning javobgarligi kuchayib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik talofotlarimiz darajasi qisqaradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/RQoIQnuTkzo?si=KOKBkgL5uSxifYek" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA