Mudofaa vazirining matbuot kotibi o‘zgardi
Tayinlov
Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Yo‘ldoshev Otabek Olimovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Zulfiqorov Bahrom Biloliddinovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti