Muborak oyda savobli amallar ko‘paymoqda
Savob ishni har kim har kuni qilish kerak, degan gap bor xalqimizda. Ayniqsa, muborak ramozon oylarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularga yordam qo‘lini cho‘zish, moddiy rag‘batlantirish kabi savobli amallar yanada ko‘paymoqda.
Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.

Kuni kecha tuman hokimi boshchiligida tumanning A.Navoiy MFYda yashovchi ehtiyojmand oilalar Gulchehra Safarova va Temirgul Yoqubova xonadoniga borilib, ulardan hol-ahvol so‘raldi. Oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi ehson qilindi.
Bu kabi xayrli amallar boshqa mahallarda ham amalga oshirilmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA.