Mo‘minlar qalbiga shodlik ulashildi
FOTOREPORTAJ
Azaldan saxovatpesha xalqimiz muborak Ramazon oyini xayrli ishlar, ezgu amallar bilan o‘tkazadi. Bu oyning barakasidan har bir xonadon bahramand bo‘lib, mo‘minlar qalbiga shodlik kiradi.
[gallery-11145]
Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimligi, korxona va tashkilotlar, mahallalar va ulardagi hokim yordamchilari hamda saxovatpesha insonlar tomonidan tumandagi nogironligi bo‘lgan betob, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. 28 ta mahallaning 200 ga yaqin oilasiga muborak oy tuhfasi topshirildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA