Mohir sportchilar saralandi
Poytaxtimizda taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Poytaxtimizda taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda uch yuzdan ziyod sportchi kuch sinashdi.
– Bu galgi musobaqada har bir taekvondochi g‘oliblik uchun astoydil bahslashdi, – deydi terma jamoa katta murabbiyi Akobir Farmonov. – O‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egallagan sportchilar terma jamoamiz safida kelgusi yili xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.
Musobaqada Shahboz Shofayziyev, Abror To‘rayev, Vladislav Xan, Davron Azimov, Botir Davlatov, Kamron Yaxshiboyev, Sherzod Bektemirov, Abubakr Rasulov, Samandar Xoldorov, Nigora Tursunqulova, Dinara Mamadibrohimova, Zariya Qosimova, Shohista Normatova, Go‘zal Sulaymonova, Komila Akbarova, Dilyora Qodirova, Feruza Hamidova, Robiya Karimoxunova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.