Mo‘g‘uliston Prezidenti Kolizey teatriga tashrif buyurdi
Mo‘g‘uliston rahbari Xurelsux Uxnaa Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qirolining toj kiyish marosimida ishtirok etdi.
Tashrif doirasida u “Mo‘g‘ul xoni” spektakli qo‘yilayotgan Londondagi Kolizey teatriga ham borib, tomoshaga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Prezident asarni sahnalashtirish loyihasida hamkorlik qilayotgan “Hero Entertainment”, “Wild Yak Productions” va “Maktub Productions” kompaniyalari ijodiy guruhi bilan uchrashib, ijodkorlarga muvaffaqiyat tiladi. 2359 o‘ringa mo‘ljallangan London Kolizeyi “Vest-End” hududida joylashgan yirik majmua hisoblanadi. Ushbu teatr “Nabukko”, “Aida”, “Sog‘inch” operalari, “Jizel”, “Oqqush ko‘li” baletlari kabi jahon mumtoz sahna asarlari bilan mashhur.