Mo‘ynoqda yangi madaniyat maskani
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy ob’ektlar qurish jadal davom ettirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy ob’ektlar qurish jadal davom ettirilmoqda. Markaziy ko‘cha va xiyobonlar obodonlashtirilmoqda.
Xususan, madaniyat saroyi, amfiteatr va futbol stadioni qisqa fursatda qurib bitkazildi. Ushbu ob’ektlar foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Futbol federatsiyasi hamkorligida“Endi madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi tomonidan sahna ko‘rinishlari, konsert dasturi namoyish etildi. “Orol” stadionida shahar va tumanlardan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.





