Misrda beshta arab mamlakatlari rahbarlarining sammiti boshlandi
Dushanba kuni Misrning El-Alamayn shahrida Misr, Iordaniya, Iroq, BAA va Bahrayn davlat rahbarlari sammiti boshlandi, deya ma’lum qildi Misr prezidentining rasmiy vakili.
Kanselyariya tarqatgan bayonotga ko‘ra, dushanba kuni Misr prezidenti AbdulFattoh as-Sisi El-Alamayn aeroportida Bahrayn podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa, Iordaniya podshohi Abdulla II, Iroq bosh vaziri Mustafo Kazimiyni kutib olgan. BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon esa Misrga bir kun oldin yetib kelgan edi.
"Uchrashuvda davlat yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarning turli jihatlari va hamkorliklarni yanada kuchaytirish uchun mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha fikr almashildi", – deyiladi bayonotda.
Avvalroq Misr tashqi ishlar vazirligi El-Alamayn sammitida "iqtisodiyot, energetika, siyosat va mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinishini” ma’lum qilgan edi.