Mirzayev Olim Saforovichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Proyektiv metodikalar shaxs psixologik qiyofasini tuzishning diagnostik vositasi sifatida” mavzusida
Mirzayev Olim Saforovichning 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Proyektiv metodikalar shaxs psixologik qiyofasini tuzishning diagnostik vositasi sifatida” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.P.01.18. raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-may kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlari fakulteti binosi, 4-qavat 416-xona.
Tel.: (0-37) 246-67-72
e-mail: nauka@nuuz.uz