Mirzaobod tumani yashil maskanga aylanmoqda
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanda kuz mavsumida 625 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Ayni vaqtga qadar tuman hududlarida 506 mingdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Tuman hokimligi bosh mutaxassisi Tolibjon Xodjanovning aytishicha nihollarning 2 ming tupdan ortig‘i umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqasiga, 146 ming tupi daraxtzorlar barpo etilishi nazarda tutilgan yerlarga, 265 ming 200 tupi fermer xo‘jaliklarining ekin yer maydonlari chetiga, 6 ming 100 tupi tumandagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim ob’ektlari, 17 ming 100 tupi xalq ta’limi tizimidagi, 9 ming 500 tupi maktabgacha ta’lim inshootlar, 2 ming 600 tupi sog‘liqni saqlash muassasalari, 12 ming 200 tupi tumandagi mavjud korxonalar va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, 500 tupi tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi hududlarga, 45 ming 100 tupi mahallalardagi ko‘kalamzorlashtiriladigan hududlar va xonadonlar tomorqalariga o‘tqazildi.
Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari davom etmoqda.
Sh.Suyarov,
Sh.Ortiqboyev,(suratlar),O‘zA.