Mingbuloqda “Namangan patir festivali” bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Namanganda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro Gullar festivali doirasida viloyatning Mingbuloq tumanida “Namangan patir festivali” tashkil etildi.
Festivalda 200 nafardan ortiq patirpaz ishtirok etib, 20 mingdan ziyod patir tayyorlandi va mehmonlarga taqdim etildi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etib, festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalar hamda milliy qadriyatlar namoyishi bilan tanishdi.
[gallery-29892]
Festival dasturidan yoshlar uchun tashkil etilgan konsert ham o‘rin oldi. Unda el suygan san’atkorlar chiqish qilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida mushakbozlik namoyishi o‘tkazildi.
Festival milliy an’ana va qadriyatlarni targ‘ib etish, hududning turizm salohiyatini namoyon qilish hamda aholiga madaniy hordiq chiqarish imkoniyatini yaratishga xizmat qildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA