Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi San’at saroyining yozgi sahnasida yosh dizaynerlarning “Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Termiz shahar hokimliklari hamkorligida tashkil etildi.
[gallery-6843]
Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan ushbu tadbirda viloyatning 10 ga yaqin mahoratli va yosh dizaynerlari o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etdi.
Namoyishda o‘zbek milliy liboslari bilan bir qatorda kundalik – o‘qish va ishda kiyish mumkin bo‘lgan qulay va bejirim liboslar o‘rin olgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA