Milliy sport turlari ommalashmoqda
Poytaxtimizda "Siz polvonlaringizni bilasizmi?" tanlovi doirasida seminar o‘tkazildi.
Poytaxtimizda "Siz polvonlaringizni bilasizmi?" tanlovi doirasida seminar o‘tkazildi.Polvonlar milliy markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, davlat va jamoat tashkilotlari, sport federatsiyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda sport jamoatchiligi, murabbiylar, faxriy sportchilar va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Polvonlar milliy markazi tomonidan mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, asrab-avaylash, rivojlantirish va butun dunyoga keng namoyish etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda kurash, bel olish, belbog‘li kurash, "Turon" yakkakurashi, o‘zbek jang sanati va boshqa milliy sport turlari tobora ommalashib, yoshlarimiz qalbidan chuqur joy egallamoqda.
Ma’lumki, 2009-yildan buyon Polvonlar milliy markazi tashabbusi bilan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘rtasida "Siz polvonlaringizni bilasizmi?" tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Tanlov doirasida yoshlar va faxriy polvonlar o‘rtasida turli uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tmokda. Faxriy polvonlar mazkur uchrashuvlarda sportning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydondagi yutuqlari haqida ma’lumot bermokda.
– Ta’lim muassasalarida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda, –deydi Polvonlar milliy markazi raisi Norqul Yusupov. –Xususan, maktablarda milliy sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilmoqda, mashhur va faxriy sportchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilayotir.
Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.