Meksika yo‘llarida baxtsiz hodisalar ko‘paymoqda
Meksika markazida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, deb yozdi BBC.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha ertalab Puebla shtatidagi Kuaknopalan va Oaxaka o‘rtasidagi trassada bir yo‘la uch avtohalokat sodir bo‘lgan. Natijada 18 kishi voqea joyida, uch kishi esa keyinroq kasalxonada vafot etgan. Qarama-qarshi yo‘lakka chiqqan yuk mashinasi avval avtobusga urilgan. So‘ngra boshqa furgon bilan to‘qnashib, yon tomondagi jarlikka qulagan va yonib ketgan.
Ma’lumotga ko‘ra, oxirgi yillarda Meksika avtomobil yo‘llarida baxtsiz hodisalar ko‘paygan.
Musulmon Ziyo, O‘zA