Mehnat migratsiyasida yangi bosqiç: maqsad — munosib iş, yuqori daromad va inson qadri
Dunyo mehnat bozorida bugun millionlab iş örinlari uçun raqobat keçmoqda. Biroq, bu raqobatda faqat işlaş istagi yoki jismoniy mehnatga tayyorlikning özi kifoya qilmaydi. Zamonaviy iş beruvçi til biladigan, kasbiy malakaga ega, xalqaro standartlar asosida işlay oladigan mutaxassisni tanlaydi.
Bugun dunyoda 168 million kişi xorijiy mehnat migratsiyasida iştirok etayotgani bu jarayonning global iqtisodiyotdagi örnini yaqqol körsatadi. Özbekiston uçun ham mazkur jarayon yangi imkoniyatlar bilan birga katta masʼuliyatni yuzaga keltirmoqda. Zero, maqsad fuqarolarni şunçaki xorijga işlaş uçun yuboriş emas, balki ularni talab yuqori bölgan kasblarga tayyorlaş, til örgatiş, malakasini xalqaro darajada tasdiqlaş va munosib iş örniga joylaştirişdan iborat.
Aynan şu nuqtai nazardan mamlakatimizda mehnat migratsiyasini taşkil etişning yangi tizimi şakllanmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazi faoliyati bilan tanişişi hamda mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazişi uşbu yönalişdagi islohotlarning ustuvor maqsadlarini belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, yoşlarimizni xorijga oddiy işçi emas, malakali mutaxassis sifatida yuboriş kerak. Bu fikr yangi migratsiya siyosatining asosiy mazmunini ifodalaydi. Çunki bugungi vazifa mehnat resurslarini taşqi bozorga çiqariş bilangina çeklanmaydi. Gap milliy kadrlar salohiyatini oşiriş, ularning mehnatiga munosib haq tölanişiga erişiş va har bir fuqaroning huquqiy himoyasini taʼminlaş haqida bormoqda.
Migratsiyada yangi mezon: işçi kuçini emas, malakali mutaxassisni tayyorlaş
Sönggi yillarda Özbekistonning tartibli mehnat migratsiyasi böyiça xalqaro hamkorlik geografiyasi sezilarli darajada kengaydi. Ilgari bu yönalişda atigi uçta davlat bilan hamkorlik qilingan bölsa, bugun ularning soni 27 taga yetdi. Qariyb 400 ta yirik xorijiy iş beruvçi bilan hamkorlik yölga qöyilgani esa mamlakatimiz mehnat resurslariga taşqi bozorda qiziqiş ortib borayotganini körsatadi.

Biroq, bu raqamlarning asl ahamiyati hamkorlar sonining köpayganidagina emas, balki ular orqali fuqarolar uçun qanday imkoniyatlar yaratilayotganida namoyon böladi. Çunki har bir kelişuv aniq iş örni, munosib iş haqi, kasbiy ösiş va ijtimoiy kafolatlarga aylanişi kerak.
Bu borada yana bir körsatkiç diqqatga sazovor: sönggi ön yilda xorijda işlayotgan yurtdoşlarimiz soni ikki baravar kamaygan bölsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablağlari tört karra oşgan. Bu mehnat migratsiyasining sifat jihatidan özgarayotganini körsatadi. Yaʼni, asosiy maqsad köproq odamni xorijga yuboriş emas, balki fuqarolarning yuqori malaka va munosib daromad asosida mehnat qilişiga erişiş.
Hududlar örtasidagi farq ham bu masalaning naqadar dolzarbligini körsatadi. Masalan, xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğona viloyatida 1 ming 850 dollarni taşkil etsa, ayrim hududlarda 400 dollarga ham yetmaydi. Bu tafovut şunçaki daromad farqi emas. U hududlarda kasb va til örgatiş, malakali kadrlar tayyorlaş hamda yuqori haq tölanadigan iş örinlariga yönaltiriş borasidagi imkoniyatlar bir xil emasligini ham körsatadi.
Şu bois hokimlar, elçilar va texnikum rahbarlari oldiga fuqarolarni yuqori daromadli iş örinlariga tayyorlaş böyiça aniq vazifalar qöyilmoqda.
«Intil» markazi: taʼlimdan bandlikkaça bölgan yagona tizim
Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazi ana şu yangi yondaşuvning amaliy ifodasi. Qariyb 3,5 gektar maydonni egallagan majmuada fuqaroning dastlabki murojaatidan tortib, hujjatlarni rasmiylaştiriş, til va kasb örganiş, imtihon topşiriş hamda xorijga işga jönab ketişigaça bölgan jarayonlar bir joyda taşkil etilgan.
Markazning 600 örinli öquv binolari, 180 örinli amaliy maşğulot xonalari, 120 örinli imtihon markazi va 400 örinli yotoqxonasi mavjud. Bu körsatkiçlar uni oddiy öquv muassasasidan köra kengroq vazifani bajaruvçi kompleks tizim sifatida namoyon etadi. Ayniqsa, taʼlim, amaliy tayyorgarlik, malaka baholaş va işga joylaşiş jarayonlarining birlaştirilişi fuqaro uçun vaqt va taşkiliy xarajatlarni kamaytiriş, iş beruvçi uçun esa talabiga mos kadr tayyorlaş imkoniyatini kengaytiradi.
Hozirda markazda oltita xalqaro loyiha doirasida 240 nafar tinglovçi tahsil olmoqda. Ularning öqişi va yotoqxona xarajatlari bepul taşkil etilgan. Markazda nemis, ingliz, yapon, koreys, çex, polyak, italyan va slovak tillarining öqitilişi ham bejiz emas. Çunki har bir xorijiy mehnat bozorining öz talabi, iş muhiti va muloqot madaniyati bor. Til biliş esa ana şu muhitga kirişning birinçi şarti hisoblanadi.
Olti oydan ön oygaça davom etadigan til dasturlarining xorijiy iş beruvçilar ehtiyojlariga qarab yangilanişi taʼlimni mehnat bozori bilan bevosita boğlaşga xizmat qiladi. Kasbiy taʼlim 12 ta dasturni qamrab olgan. Tibbiyot, payvandçilik, elektr va santexnika işlari, ombor logistikasi, quriliş, mehmonxona va restoran xizmati, oşpazlik kabi yönalişlar xalqaro mehnat bozorida talab mavjud bölgan kasblarni egallaşga qaratilgan.
Bunda nazariy bilimning özi bilan çeklanilmayotgani alohida ahamiyatga ega. Amaliy simulyatsiya xonalarida tinglovçilar iş joyiga yaqinlaştirilgan şaroitda tayyorlanadi. Payvandçilarning ISO 9606 xalqaro standartlari asosida öqitilişi esa malaka xalqaro talablarga muvofiq şakllantirilayotganini anglatadi. Öquv jihozlarining Germaniya, Xitoy va Rossiyadan keltirilgani amaliy taʼlim imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
ÖSD, TELC, J-CERT va EPS TOPIK kabi xalqaro imtihonlarni topşiriş imkoniyati ham şu maqsadga xizmat qiladi. Çunki kasbni biliş bilan birga uning malakasini hujjat orqali tasdiqlay oliş ham xorijiy iş beruvçi oldida muhim ustunlik.
«Proud Partners», «Onodera User Run», «Deutsche Bahn», «RecruitMed GmbH», «PentaHospital» kompaniyalari hamda Perudjia universiteti bilan hamkorlikdagi loyihalar taʼlim jarayonining real iş beruvçi talablari bilan boğlanayotganini körsatadi.
Demak, «Intil» tajribasining asosiy mohiyati fuqaroni tanlaşdan tortib, uni xorijdagi iş örniga tayyorlaşgaça bölgan jarayonni yagona zanjirga birlaştirişda.
45 ming buyurtma va 2 ming işga joylaşgan mutaxassis: imkoniyatni natijaga aylantiriş zarur
Jahon mehnat bozoridagi talab bilan milliy kadrlar tayyorlaş tizimi örtasidagi nomutanosiblik Germaniya misolida yaqqol körinadi. Joriy yilning özida Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tuşgan, biroq atigi 2 ming kişi işga joylaşgan. Bu raqamlar örtasidagi tafovutning asosiy sabablaridan biri nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligidir.
Boşqaça aytganda, mehnat bozorida talab bor, iş örinlari mavjud, iş beruvçilar hamkorlikka tayyor. Ammo ularning ehtiyojiga mos til va kasbiy malakaga ega mutaxassislar yetarli emas. Şu bois har bir viloyatdagi ikki-uçta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini öqitiş vazifasi qöyilgani muhim ahamiyatga ega.
«Intil» markazida «Telc» kompaniyasi iştirokida 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaş boşlangan. Kelgusi yilda ularning hududlardagi texnikumlarga jalb qilinişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, maktab va texnikumlar uçun yana 500 nafar nemis tili egasini olib keliş, oliy taʼlim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini ikki karra oşiriş belgilangan.
Bu yerda 100 va 500 raqamlari oddiy statistik körsatkiç emas. Ular xorijiy mehnat bozori talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlaş uçun zarur bölgan taʼlim infratuzilmasini şakllantirişga qaratilgan aniq çoralarni anglatadi. Kelgusi yil 10 ming kişini kasb va nemis tiliga örgatib, Germaniyada işga joylaştiriş vazifasi esa uşbu tizimning dastlabki yirik natijasi bölişi kutilmoqda.
Ayni paytda ingliz tilini puxta özlaştirib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yoşning mavjudligi ham katta imkoniyatdir. Ularning AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boşqa davlatlarda munosib iş topişi uçun şaroitlarni kengaytiriş zarurligi taʼkidlangani mehnat migratsiyasining faqat bir neçta davlat bilan çeklanib qolmasligini körsatadi.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini ilk bor migratsiya strategiyasiga kiritgani, Buyuk Britaniyada 33 ming işçiga ehtiyoj borligi ham taşqi mehnat bozorida yangi imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.
Biroq imkoniyatni natijaga aylantiriş uçun diplomatik kelişuvning özi kifoya qilmaydi. Masalan, Buyuk Britaniyaga yurtdoşlarimiz asosan qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlarga borayotgan bir paytda, tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida ham aniq kelişuvlarga erişiş zarurligi körsatib ötildi. Italiya bilan mavjud imkoniyatlardan foydalaniş va «Yoşlar mobilligi» dasturida iştirok etiş masalasini hal qiliş vazifasi ham belgilandi.
Bu yondaşuv mehnat migratsiyasini kasbiy tarkib jihatidan diversifikatsiya qiliş, fuqarolar uçun barqaror va yuqori daromadli iş örinlarini köpaytiriş imkonini beradi.
Hududiy markazlar va texnikumlar: kadr tayyorlaşning yangi modeli
«Intil» markazi tajribasini mamlakatning barça hududlariga tatbiq etiş rejasi islohotlarning qamrovini kengaytirişga qaratilgan. Kelgusi yil har bir hududda yagona migratsiya markazini taşkil etiş uçun 8 milliard sömdan ajratilişi belgilangan. Bu mablağlar har bir viloyatda til örganiş, kasb egallaş, malaka baholaş va işga joylaşiş jarayonlarini özaro boğlaydigan infratuzilmani şakllantirişga xizmat qiladi.
Bunday yondaşuvning yana bir muhim jihati şundaki, fuqaro xorijda işlaş uçun zarur maʼlumot va xizmatlarni izlab, turli taşkilotlar örtasida sarson bölmaydi. Uning ehtiyojiga mos yönalişda tayyorgarlik köriş va işga joylaşiş jarayoni yagona tizim orqali taşkil etiladi.
Şu bilan birga, bir oy içida xorijiy kompaniyalar talabiga mos dastur asosida 20 ta texnikumni tanlaş vazifasi qöyilgan. Har bir viloyatdagi yana ikki-uçta texnikumni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş rejalaştirilmoqda.
Uşbu texnikumlarning 15 yil muddatga boşqaruvga berilişi, bitiruvçilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etilişi, kadr tayyorlaş va jihozlarga sarflangan mablağlarni soliqlardan çegiriş közda tutilgani taʼlimga xususiy sektor investitsiyalarini jalb etişning muhim mexanizmi hisoblanadi.
Yiliga kamida 30 ming nafar işga tayyor mutaxassis yetiştiriş vazifasi ana şu hamkorlikdan kutilayotgan natijani ifodalaydi. Bunday tizimda texnikum faqat diplom beradigan muassasa emas, balki muayyan iş beruvçi talab qilayotgan bilim va könikmalarni şakllantiradigan kasbiy tayyorgarlik markaziga aylanadi.
1,5 million sömlik rağbat: natijaga asoslangan bandlik siyosati
Mehnat migratsiyasi sohasida xususiy bandlik agentliklarining iştiroki kengayib borayotgani ham eʼtiborga molik. Litsenziya beriş tartibi soddalaştirilganidan keyin ikki yilda xususiy bandlik agentliklari soni uç baravar, ular orqali xorijda işga joylaşgan fuqarolar soni esa beş karra ortgan.
Bu xususiy sektorning mehnat migratsiyasidagi imkoniyatlari katta ekanini körsatadi. Biroq, agentliklar faoliyatini baholaşda faqat xorijga yuborilgan fuqarolar soni emas, balki ularning qanday işga joylaşgani, huquqlari himoya qilingani va ijtimoiy kafolatlarga ega ekani asosiy mezon bölişi lozim.
Şu nuqtai nazardan, kelgusi yil fuqarolarni xorijga işga yuboriş vazifasini işonçli xususiy bandlik agentliklariga ötkaziş, yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun ularga 1,5 million sömdan rağbat puli tölaş belgilangani natijaga yönaltirilgan yangi mexanizm.
Agentliklarning oçiq reytingi yuritilişi esa soğlom raqobatni şakllantirişga xizmat qiladi. Bunda işga joylaşiş natijasi, fuqarolar huquqlarining himoyasi va ijtimoiy kafolatlar asosiy körsatkiç böladi. Bunday yondaşuvning mohiyati oddiy: davlat xususiy sektorga imkoniyat yaratadi, xususiy sektor esa fuqaroning manfaati va munosib bandlik natijasi uçun masʼuliyatni öz zimmasiga oladi.
287 ming imkoniyat
Joriy yilning özida 34 ta davlatda 287 ming kişini işga joylaştiriş imkoniyati mavjudligi qayd etilgan. Bu juda muhim raqam. Çunki xorijda işlaş istagida bölgan fuqarolar uçun imkoniyat mavjud, ammo uning özi haqida maʼlumotga ega bölmaslik yoki zarur talablarni bilmaslik işga joylaşiş jarayoniga tösiq bölişi mumkin.
Şu bois xorijdagi har bir iş örni böyiça mutaxassisga qöyiladigan talablar, zarur til va öqiş imkoniyatlari haqidagi maʼlumotni mahalla darajasigaça yetkaziş vazifasi belgilandi.
«Mahalla yettiligi» tomonidan xorijda işlaş istagidagi fuqarolarning «Onlayn mahalla» platformasiga kiritilişi, hokimlar va masʼul taşkilotlarning ularni kasb va tilga tayyorlaş hamda işga joylaştirişga masʼul etib belgilanişi migratsiya siyosatining manzilliligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Bu jarayonda hokimlar faoliyatining har oy, tuman hokimlari faoliyatining esa oyiga ikki marta körib çiqilişi natijadorlik ustidan muntazam nazorat örnatişga qaratilgan.
Aslida, 287 ming iş örni haqidagi maʼlumotning har bir mahallaga yetib borişi fuqaro uçun imkoniyat eşigini oçadi. Lekin bunda maʼlumotning özi bilan çeklanmasdan, iş örnining qonuniyligi, mehnat şaroitlari, iş haqi va zarur malaka talablarini ham aniq tuşuntiriş muhim.
Şu jihatdan, elçilarning vazifalari ham kengaymoqda. Ular endi faqat iş beruvçilar bilan kelişuv tuziş bilan çeklanmaydi. Kvotalar, işçi vizalari, malaka sertifikatlarini tan oliş masalalarini hal etiş, fuqarolarning işga joylaşişi va yangi muhitga moslaşişiga kömaklaşiş ham ularning masʼuliyatiga kiradi. Bu esa iqtisodiy diplomatiyaning amaliy natijasi fuqaroning munosib iş örniga ega bölişi bilan ölçanişini anglatadi.
Xorijdagi fuqaro ham davlat eʼtiborida
Mehnat migratsiyasining eng muhim mezonlaridan biri — xorijga işlaş uçun ketgan insonning huquqlari va xavfsizligini taʼminlaş. Fuqaro öz yurtidan uzoqda bölganida ham huquqiy himoyadan, zarur yordamdan va davlat eʼtiboridan çetda qolmasligi kerak. Şu maqsadda «Onlayn mahalla» platformasi orqali xorijda qiyin vaziyatga tuşgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qiliş mexanizmi nazarda tutilmoqda. Zarur hollarda elçining şaxsan muammo bilan şuğullanişi belgilangani ham bu boradagi masʼuliyatni kuçaytiradi.
Prezidentimizning «Çet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerak», degan sözlari uşbu siyosatning insonparvarlik mohiyatini ifodalaydi. Zero, tartibli migratsiya faqat xorijga qonuniy çiqiş yoki işga joylaşiş bilan tugamaydi. U insonning mehnat faoliyati davomida huquqlari himoya qilinişi, ijtimoiy kafolatlardan foydalanişi va zarur hollarda davlat yordamini oliş imkoniyatini ham qamrab olişi kerak.
Şuningdek, xorijda işlayotgan fuqarolarning oilalari, ota-onalari va farzandlarini qöllab-quvvatlaş böyiça hokimlarga vazifalar yuklatilgani migratsiya masalasiga faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy nuqtai nazardan ham yondaşilayotganini körsatadi.
Xorijda mehnat qilayotgan insonning ortida oilasi, farzandlari va ota-onasi bor. Demak, migratsiya siyosatida ularning manfaatlari ham eʼtibordan çetda qolmasligi lozim.
Tajriba va salohiyat egalari
Mehnat migratsiyasi siyosatining yana bir muhim yönalişi — xorijdan qaytgan fuqarolarning salohiyatidan samarali foydalaniş. Yil boşidan buyon 1 million 116 ming kişi mamlakatimizga qaytgan. Ularning orasida xorijda sanoat, quriliş, logistika va xizmat körsatiş sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Buni mamlakatimiz mehnat bozoriga kirib kelişi mumkin bölgan katta tajriba va kasbiy salohiyat manbai sifatida baholaş zarur.
Çunki xorijda işlagan fuqaro yangi texnologiyalar, işlab çiqariş madaniyati, mehnat intizomi va kasbiy standartlar bilan tanişgan bölişi mumkin. Uşbu tajribani milliy iqtisodiyotga yönaltiriş esa içki mehnat bozori uçun ham muhim imkoniyat.
Şu maqsadda qaytgan fuqarolarning xorijdagi iş joyi, kasbi va mehnat stajini aks ettiruvçi platforma yaratilişi rejalaştirilgan. Yil yakunigaça ularning 250 ming nafariga mos iş topiş, tadbirkorlik qiliş istagida bölganlarga kömaklaşiş vazifasi belgilangan.
Bu yerda 250 ming raqami alohida ahamiyatga ega. U qaytgan fuqarolarni oddiy iş qidiruvçi sifatida emas, balki öz tajribasi va malakasi bilan iqtisodiyotga hissa qöşa oladigan inson kapitali sifatida köriş zarurligini anglatadi. Xorijda orttirilgan mehnat staji va pensiya huquqini tan oliş masalasi ham şu siyosatning uzviy qismi hisoblanadi.
Bugun yurtdoşlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy mehnat qilib, pensiya badallarini tölamoqda. Joriy yilda Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan bu borada ikki tomonlama bitimlar imzolangani muhim natijadir. Boşqa davlatlar bilan ham şunday kelişuvlarga erişiş vazifasining qöyilişi xorijdagi mehnat faoliyatini fuqaroning kelajakdagi ijtimoiy taʼminoti bilan boğlaşga qaratilgan. Zero, insonning xorijda qilgan mehnati faqat bugungi daromad bilan emas, balki ertangi ijtimoiy himoyasi bilan ham qadrlanişi kerak.
Migratsiya siyosatida milliy manfaatlar muvozanati
Yiğilişda Özbekistonga kelayotgan xorijiy işçi kuçini tartibga soliş masalasi ham körib çiqilgani eʼtiborga molik.
Mamlakatimizda uzoq muddat yaşayotgan çet elliklar soni 250 mingga yaqinlaşgan. Ularning 36 ming nafari işlaşga ruxsatnoma olgan, 24 ming nafari esa talabalardir. Qolgan xorijliklarning bandligi va daromad manbalari haqida aniq maʼlumotga ega böliş zarurligi taʼkidlangan.
Bu yondaşuv mehnat migratsiyasi siyosatining ikki tomonlama xususiyatini namoyon etadi. Yaʼni, Özbekiston öz fuqarolarining xorijda munosib mehnat qilişi uçun şaroit yaratiş bilan birga, mamlakat hududidagi xorijiy işçi kuçining faoliyatini ham qonuniylik va tartib asosida taşkil etişi lozim.
Bunda eng muhim tamoyil — yangi iş örinlariga birinçi navbatda öz fuqarolarimizni joylaştiriş. Bu milliy mehnat bozori manfaatlarini himoya qiliş, aholi bandligini taʼminlaş va içki iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş nuqtai nazaridan muhim.
Inson qadri — yangi migratsiya siyosatining boş mezoni
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan vazifalarning mazmunini bir nuqtada jamlaş mumkin: Özbekiston mehnat migratsiyasini tartibga solinmagan migratsiya jarayonidan aniq maqsad, hisob-kitob, tayyorgarlik va masʼuliyat asosida boşqariladigan tizimga aylantirişni maqsad qilmoqda.
Bu tizimda maktab va texnikumlar til hamda kasb örgatadi, xalqaro markazlar malaka va tayyorgarlikni taʼminlaydi, xorijiy iş beruvçilar aniq buyurtmalar beradi, xususiy agentliklar bandlikka kömaklaşadi, mahalla fuqarolarni jarayonga jalb etadi, hokimliklar natija uçun masʼul böladi, elçixonalar esa xorijdagi huquqiy va taşkiliy himoyani taʼminlaydi.
Bunday özaro boğliqlikning asosiy natijasi fuqaroning munosib iş topişi, yuqori daromad olişi, huquqlari himoya qilinişi va oilasi farovonligining oşişida namoyon böladi.
Şu bilan birga, mehnat migratsiyasiga tayyorlanayotgan har bir mutaxassis mamlakatimizning xorijdagi öziga xos vakili hamdir. Uning bilimi, kasbiy mahorati, mehnat madaniyati va odob-axloqi Özbekiston haqidagi tasavvurni şakllantiradi.
Şu bois Prezidentning xorijga borayotgan yoşlarimiz öz tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarimizni tanitişlari haqidagi fikrlari ham katta maʼno kasb etadi. Milliy nufuz va iqtisodiy manfaat bir-birini töldirişi kerak.
Eng muhimi, yangi yondaşuvda inson manfaati markaziy öringa qöyilmoqda. Fuqaro çet elga işlaş uçun ketişidan oldin kasb va til örganadi, malakasini tasdiqlaydi, qonuniy iş örniga ega bölişga kömak oladi. Xorijda mehnat qilayotganida huquqiy himoyadan foydalanadi, qaytgaç esa orttirgan tajribasini mamlakatimiz taraqqiyotiga yönaltiriş imkoniyatiga ega böladi.
Şunday ekan, xavfsiz, tartibli va daromadli migratsiya — inson kapitalini rivojlantiriş, milliy kadrlar salohiyatini oşiriş, iqtisodiy diplomatiya imkoniyatlarini kengaytiriş va fuqarolar farovonligini taʼminlaşga qaratilgan uzoq muddatli siyosat.
Zero, davlat uçun eng katta boylik inson, uning bilimi, malakasi va mehnat salohiyatidir. Ana şu salohiyatni röyobga çiqariş, qayerda bölmasin, fuqaroning mehnati qadrlanişi va huquqlari himoya qilinişini taʼminlaş esa kuçli ijtimoiy davlatning muhim vazifasidir.
Nurillo NASRIYEV,
ÖzA şarhlovçisi