Mehmonlar sharif shaharni aylandi
Buxoroda ikki kun davomida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab xorijiy davlatlarning vakillari, xalqaro tashkilotlarning spikerlari bilan birga Parlamentlararo ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong ham qatnashdi.
Martabali mehmon, Parlamentlararo ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong va uning rafiqasi Buxoroning qadimiy diqqatga sazovor joylariga ham tashrif buyurdi. Ular ko‘hna va boqiy Buxoroning Poyi Kalon majmuasida, shuningdek, Somoniylar maqbarasida bo‘ldi. Mehmonlarga Buxoro, uning tarixi, qadimiy obidalar haqida so‘zlab berildi. Mehmonlarda sharif shahar katta taassurot qoldirdi.

Ularga Buxoro viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Botir Zaripov hamrohlik qildi.
Zarif Komilov, O‘zA