Mbappe Fransiya terma jamoasining JCh-2026 dagi bosh maqsadini ma’lum qildi
Jahon chempionatining guruh bosqichida Didye Desham shogirdlariga Senegal, Norvegiya va Iroq milliy terma jamoalari raqiblik qiladi.
Fransiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bo‘lajak JCh-2026 musobaqasida jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar haqida gapirdi.
"Bizning maqsadimiz — jahon chempionatida g‘alaba qozonish. Yarim final haqida qanday qilib gapirish mumkinligiga umuman tushunmayman. Agar yarim finalga chiqsak, narsalarimizni yig‘ishtirib, uyga ketaverishimiz kerakmi? Bunday bo‘lmaydi. Biz faqat chempionlik unvonini ko‘zlaganmiz. Jamoadagi barcha aynan shu haqda o‘ylamoqda", — deya yulduz hujumchining so‘zlarini keltirdi Actu Foot nashri.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Didye Desham shogirdlariga Senegal, Norvegiya va Iroq milliy terma jamoalari raqiblik qiladi. Ushbu nufuzli turnir joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.