Maykl Ouen: “Bu jasorat emas, shunchaki himoyaga qamalib qolish”
Bularning barchasi behuda gap.
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen JCH–2026 yarim finalida Argentinadan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa o‘yinini keskin tanqid qildi.
"Butun jamoa bilan orqaga chekinish, jarima maydoni ichiga qamalib olish, to‘pni imkon qadar uzoqqa tepish, uni bosh bilan qaytarish va zarbalarga o‘zingni tashlashni ko‘pchilik jasorat deb hisoblaydi. Ammo bu unday emas. Aksincha.
Futbolning mazmuni to‘pni yuzingga tekkizib, qonga belanib, keyin esa odamlar: “Qaranglar, qanday jasur”, deyishida emas.
Bularning barchasi behuda gap. Men mahalliy pabdan ham jamoa yig‘sam, ular ham xuddi shunday o‘ynay oladi" — dedi Ouen.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.