Matematika – hayot falsafasi
FOTOREPORTAJ
Hayotini ta’lim va ilm-fanga bag‘ishlagan namanganlik Abdulboqi Rahmonov matematikani hayot falsafasi deb biladi. Salkam ellik yildan buyon yoshlarga ushbu fandan saboq berib kelayotgan bu insonning bugungi kunda ko‘plab shogirdlari zalvorli muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
[gallery-19548]
A. Rahmonov differensial tenglamalar va uning tadbiqlari bo‘yicha yetakchi mutaxassis sifatida tanilgan. U pedagogik faoliyatini Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi Iqtisodiy ta’lim regional markazi direktori, Namangan muhandislik texnologiya institut qoshidagi akademik litseyi direktori kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat yuritdi. Namangan muhandislik texnologiya institutida 47 yildan beri ishlab kelmoqda.
Bugun 16 nabira va o‘nga yaqin evaraning suyukli bobosi sanalgan bu fidoyi ustoz yuzlab yoshlar qalbida matematikaga muhabbat va ishtiyoq uyg‘otgan hamda ularga fan sirlarini chuqur o‘rgatib, ilm yo‘lida qanot bo‘lgan haqiqiy pedagogdir. Ustozni bayramlarda, ayniqsa, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kunida yo‘qlab keluvchi shogirdlari safi uzilmasligi boisi ham shunda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA