Matbuot va OAV vakillariga ehtirom ko‘rsatildi
Xorazmda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosib nishonlandi.
Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan taklif etilgan soha faxriylari, jurnalistlar, matbuot kotiblari, matbaachilar, blogerlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.

Bayram dasturi doirasida milliy qo‘shiqlar, ijodiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimining Faxriy yorlig‘i va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.





Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari