Mas’uliyatsiz sudyalar jazolandi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar faoliyatini o‘rganib borish, kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotganlariga chora ko‘rishda davom etmoqda.
Kengash matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining raisi A.Bobomurodov; Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari I.Mirzayeva; Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi G. Tojiboyeva; Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyalari E. Abdullayev, D. Olimov; Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining sudyalari M. Abidov, Z. Nuriddinov; Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Sh. Ochilov intizomiy jazoga tortildi.
O‘zA