“Mashad” jamoasi – g‘olib
Farg‘onada yoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 18 jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.
Farg‘onada yoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 18 jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, salomatligini mustahkamlashi, kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday ezgu ishlar farzandlarimizning sportga qiziqishini yanada oshirish, ularning sog‘lom, kuchli, mard va qat’iyatli bo‘lib kamolga yetishiga xizmat qilmoqda. Albatta, bu ishlar samaradorligini oshirishda o‘zini o‘zi boshqarish organlari alohida o‘rin tutadi. Farg‘ona viloyatidagi mahallalarda ham yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga keng jalb etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. “Mahallamiz pahlavonlari”, “Futbolimiz kelajagi” kabi sport musobaqalari an’anaviy o‘tkazib kelinmoqda. “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida o‘tkazilayotgan musobaqa bu boradagi ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Marg‘ilon shahrining “Mashad” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.