Markos Lyorente: “Yoshlarimiz hali nima qilayotganini ham to‘liq anglamaydi”
Jahon chempionati finalida o‘ynayotgan bo‘lsak-da, hech qanday bosimni his qilmadik"
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Markos Lyorente JCH–2026 finalida Argentina ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ba’zi yosh futbolchilarimiz, xususan Kubarsi, Yamal, Pedri va Gavi hali nima qilayotganini to‘liq anglab ham yetmagan. Balki bu yaxshidir.
Bugun Jahon chempionati finalida o‘ynayotgan bo‘lsak-da, hech qanday bosimni his qilmadik", — dedi Lyorente.
Eslatib o‘tamiz, finaldagi yagona gol qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasida Ferran Torres tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempioni bo‘ldi. Bundan avval Luis de la Fuente shogirdlari 2024-yilda Yevropa chempionati bosh sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi.