Markaziy Osiyo TIV rahbarlari yadroviy qurolsiz Yaqin Sharqni qo‘llab-quvvatlaydi
– Biz hozir mavjud bo‘lmagan mintaqalar, jumladan Yaqin Sharqda yangi yadroviy qurolsiz hudud yaratishga qaratilgan sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlaymiz, – deyilgan Markaziy Osiyo Tashqi ishlar vazirliklarining Semipalatinsk kelishuvi imzolangani 20 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma bayonotida.
Tomonlar asosiy qurol nazorati shartnomasi amal qilish muddati tugayotgani va yadroviy zaxira takomillashtirilayotganidan xavotir bildirgan.
2006-yil 8-sentabr kuni Semipalatinskda Markaziy Osiyoning 5 davlati mintaqada yadroviy qurolsiz hudud tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolagan. Ishtirokchi davlatlar yadroviy qurolni o‘z hududida ishlab chiqarmaslik, sotib olmaslik va joylashtirmaslik majburiyatini olgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlash, Semipalatinsk dala maydonida yadro sinovi oqibatidan aziyat chekkan mintaqaga yadroviy qurol qaytishi va tarqalishining oldini olishdir.
S.Rahimov, O‘zA