Maradonaning kapitanlik bog‘ichi 512 ming dollarga sotildi
Tarixiy lotni Sotheby’s auksion uyi savdoga qo‘ydi.
Argentina futboli afsonasi Diego Maradona 1986-yilgi jahon chempionatida taqqan kapitanlik bog‘ichi auksionda 512 ming AQSH dollariga sotildi.
Tarixiy lotni Sotheby’s auksion uyi savdoga qo‘ydi.
Mazkur bog‘ich 1986-yilgi jahon chempionatining chorak finalida Angliyaga qarshi o‘yinda ishlatilgan. O‘sha uchrashuvda Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, Maradona esa ikkita gol urgan.
Ulardan biri futbol tarixiga “Xudoning qo‘li” nomi bilan kirgan. Chunki Maradona to‘pni qo‘li bilan darvozaga yo‘llagan edi. Ushbu epizod jahon chempionatlari tarixidagi eng mashhur voqealardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pele 1958-yilgi jahon chempionati finalida kiygan futbolka ham auksionda qariyb 5 million AQSH dollariga sotilgandi.