Mansabdor shaxs qo‘lga tushdi
Fuqaro F.N. Karmana tumani Xoncharbog‘ mahallasidagi yer maydonida sport kompleksi qurish maqsadida hududdagi mevali va manzarali daraxtlarni kesib tashladi. Bundan xabar topgan tuman tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig‘i X.T. hodisaga qonuniy baho berish o‘rniga kesilgan daraxtlar uchun bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda jazo ko‘rmaslik evaziga tanishi X.K. orqali 10 million so‘m talab qildi.
F.N.ning arizasiga binoan Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tadbirkordan belgilangan mablag‘ni olayotgan mansabdor protsessual tartibda ushlandi. Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA