"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Abduqodir Husanovga qoyil qolgani haqida gapirdi
Mashg‘ulotlarda ham unga qarshi o‘ynash doimo qiyin.
Norvegiya milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi forvardi Erling Xoland hamyurtimiz Abduqodir Husanovning o‘yinlaridan hayratda ekanini aytdi.
"Stenford Bridj" da bo‘lib o‘tgan "Chelsi"ga qarshi o‘yindan so‘ng Xoland g‘alabaga katta hissa qo‘shgan Husanovni mehmonlar sektori tomon hazilomuz tarzda itarib yuborgan edi.
"Men Husanov bilan bo‘lgan voqeani eslayman. U jamoasi uchun jonini berib o‘ynadi. O‘sha uchrashuvda unga oson qiyin bo‘ldi. Unga APLga moslashish oson bo‘lmadi, ayniqsa til bilmasdan qiynalgan edi. U katta bosim ostida o‘ynardi. Chunki Angliyada o‘ynayotgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi edi. Men xuddi 35 yoshli futbolchidek gapiryapman, vaholanki endigina 25ga kirdim. Menda katta tajriba bor va juda ko‘p o‘yinlarda o‘ynayman. Jamoadoshlarimga yordam berish men uchun yoqimli muhim, chunki ular o‘zlarini qanday his qilishlarini va qanday holatlarda ularga qiyin ekanini bilaman. Lekin Abduqodirning o‘yinidan hayratdaman. Mashg‘ulotlarda ham unga qarshi o‘ynash doimo qiyin", - dedi Xoland.
Ma’lumot uchun, norvegiyalik futbolchi 2022-yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.