Malavi vitse-prezidenti havo halokatida vafot etdi
Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va unga hamroh bo‘lib uchgan 9 kishidan hech kim omon qolmagan. Bu haqda “The Sun” gazetasi Prezident ma’muriyatiga tayanib yozdi.
– Vitse-prezident, hurmatli doktor Saulos Klaus Chilimani olib ketayotgan samolyot bugun ertalab Chikangava o‘rmonidan topildi, – deyilgan Prezident ma’muriyati matbuot xizmati xabarida. – Afsuski, havo kemasi sahnidagi insonlarning bari hayotdan ko‘z yumgan.
Malavi yetakchisi Lazarus Chakvera bugundan boshlab dafn marosimigacha milliy motam e’lon qildi. Mash’um hodisaga duch kelgan laynerda sobiq birinchi xonim, 1994-2004 yillari mamlakatga rahbarlik qilgan Bakili Muluzining rafiqasi Patrisi Shanil Muluzi ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni ertalab poytaxt Lilongvedan havoga ko‘tarilgan, mahalliy vaqt bilan soat 10 da mamlakat shimolidagi Mzuzu xalqaro aeroportiga qo‘nishni rejalashtirgan samolyot ma’lum muddatdan so‘ng radardan g‘oyib bo‘lgan.
Chilima va uning hamrohlari sobiq adliya vaziri Ralf Kasambarani dafn etish marosimiga borayotgan edi.