Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023 yil 27 dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28 dekabr sanaladi.
Ta’til 2024 yil 10 yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
III chorak darslari 2024 yil 11yanvardan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar davom etishi aytilgandi.