“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy viloyatida pedagog xotin-qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” voleybol musobaqasining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Bugun mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar nafaqat bilim sifati, balki pedagoglarning sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faolligi va jamoaviy muhitini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish orqali ularning ijtimoiy faolligi va kasbiy motivatsiyasi oshirilmoqda.


Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada jamoalar o‘z mahorati, jipsligi hamda g‘alabaga intilishini namoyon etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Navoiy shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi, 2-o‘rinni Zarafshon shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi va 3-o‘rinni Navbahor tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri