Maktabgacha ta’lim sohasida yangi pilot loyiha
Maktabgacha ta’lim vazirligida Koreyaning "EduLink Global" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha o‘qituvchilar, ota-onalar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ma’lumot almashishga mo‘ljallangan "S-Board" ta’lim platformasini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yana bir yangi pilot loyihani amalga oshirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlari uchun ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun ingliz tilida 10 ming nusxa darslik ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu pilot loyiha Koreya tomonidan beg‘araz yordam tariqasida amalga oshiriladi.
Mohigul Qosimova, O‘zA