Maktab kutubxonasiga sara asarlar
2026-yil 18-aprel kuni Zarafshon shahridagi 10-umumta’lim maktabida “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi asosida kitob marafoni tashkil etildi.
Ushbu marafonda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari faol ishtirok etdi. Ushbu marafonda maktab kutubxonasiga 6 million so‘mdan ortiq badiiy adabiyot sovg‘a qilindi. Bu kitoblar orasidan o‘zbek xalqining sevimli ijodkorlari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom asarlari hamda jahon adabiyoti durdonalaridan Chingiz Aytmatov, Jek London, F.Dostoyevskiy, Lev Tolstoy asarlari o‘rin olgan.
So‘nggi yillarda kitob mutolaasiga alohida e’tibor berilayotgani o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgani hech birimizga sir emas. Shu bois ham o‘quvchilar maktab kutubxonasiga bir qancha badiiy asarlar ham sovg‘a qilishdi.
Nargiza Qo‘ldoshova, o‘qituvchi.
O‘zA.