Maktab kutubxonasiga 500 nomdagi kitoblar sovg‘a qilindi
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi jamiyatda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining ma’anaviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, ayniqsa, yosh avlod vakillarini kitobga oshno qilish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda partiya qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, “Milliy tiklanish” kitob javoni” loyihasi doirasida yurtimizning turli hududlaridagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga kitoblar to‘plamlari taqdim etib kelinmoqda.

Mazkur loyihaning navbatdagi manzili Parkent tumanidagi 31-sonli maktab bo‘ldi. Partiya Markaziy kengashi vakillari hamda deputatlar 31-maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, “Milliy tiklanish” kitob javoni" loyihasi doirasida maktab kutubxonasiga 500 nomdagi kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Shuningdek, tashrif davomida yakunlangan o‘quv yili mobaynida “Tarbiya” fanining qay darajada tashkil etilganiga e’tibor qaratildi. Mazkur fanni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdim etgan tajribali pedagog Alisher G‘afforov partiya Markaziy kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
M.Komilova,
O‘zA