Mahsulotlar zaxirasi yetarli
Xususan, bugun, 24-mart kuni Urganch markaziy dehqon bozori hududida Departamentning viloyat boshqarmasi amaliy koʻmagi bilan jami 8 tonna kartoshka, 7 tonna piyoz mahsulotlari yetkazib berildi.
Karantin davrida Xorazm viloyatida barcha dehqon bozorlarida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi maxsulotlarining uzluksizligini taʼminlash, narx-navoni asossiz oshishini oldini olish yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.
Xususan, bugun, 24-mart kuni Urganch markaziy dehqon bozori hududida Departamentning viloyat boshqarmasi amaliy koʻmagi bilan jami 8 tonna kartoshka, 7 tonna piyoz mahsulotlari yetkazib berildi.
Biroq, aholiga vahimaga tushmaslik, oziq-ovqat uzluksizligi borasida muammo boʻlmasligi yuzasidan targʻibot ishlari muntazam olib borilayotganligiga qaramasdan, ayrim fuqarolarimiz tomonidan yaqin masofadan xarid qilish, ehtiyojidan ortiq, qop-qop kartoshka, piyoz, sabzi mahsulotlarini xarid qilish kabi holatlar kuzatilmoqda.
–Viloyatimiz aholisidan, koronavirus pandemiyasidan vahimaga tushmasdan, oilaviy ehtiyoj asosida xarid qilishlarini soʻrayman, – deydi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi Gʻayratjon Sultonov. – Uyda oʻtirgan holda, virusni oldini olishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan targʻibotga rioya etishi, hamjihatlikda yordam berishi, ehtiyoj boʻlmasa, bozor atroflarida toʻplanib, asossiz gap-soʻzlar orqali vahima tarqatmasligi lozim. Birlamchi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi maxsulotlarining zaxirasi yetarli.
Taʼkidlash lozimki, ayni kunda viloyatdagi dehqon bozorlari hududlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan. Departamentning viloyat boshqarmasi va hududiy boʻlimlari tomonidan narx-navo barqarorligi nazoratga olingan.