Mahallalar obod bo‘lmoqda
Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Toshmatov ishtirokida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida maktab o‘quvchilari bilan birgalikda meva va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mahalla faxriylari ishtirokida ham ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida davom etayotgan hashar tadbirlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ham faol ishtirok etmoqda.
Ular mahallalarda obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda. Hududlarda tozalik va tartibni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu kabi ezgu ishlar yurtimizda hamjihatlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Nigora Rahmonova, O‘zA