“Mahalla tizimi xodimlari bog‘i” barpo etildi
2020 yildan buyon mamlakatimizda 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanining Tavois mahallasi hududida yangi bog‘ barpo etildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov barchani Navro‘z bayrami, shuningdek, Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan tabrikladi va ushbu bog‘ “Qiziltepa mahalla tizimi xodimlari bog‘i” deya nomlanishini ta’kidladi.


Ishtirokchilar yangi bog‘ga hudud iqlimiga mos daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Bog‘ning umumiy maydoni 22 gektar bo‘lib, 30 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.


A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri