Mahalla raislariga xalq ergashadi
Navoiyda “Mahalla” xayriya jamoat fondi loyihasi asosida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning dolzarb vazifalari masalasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.
Navoiyda “Mahalla” xayriya jamoat fondi loyihasi asosida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning dolzarb vazifalari masalasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida nashr etilgan “Oila-muqaddas dargoh”, “Yerga nisbatan huquqning vujudga kelishi va bekor boʻlishi tartibi”, “Vorislik huquqi qonun himoyasida”, “Mehnat huquqi qonun himoyasida” nomli kitoblar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Navoiy shahri va Karmana tumani hududida joylashgan jami 70 ta mahalla fuqarolar yigʻini raislari va faollari ishtirok etdi.
Seminarda milliy qonunchilik bazasining takomillashgani, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlar qabul qilinib tegishli ishlar olib borilayotgani, huquqiy savodxonlikni oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlar birgalikda harakat qilishi ijobiy samara berishi taʼkidlandi.