Magistrlik uchun sinov boshlandi
Buxoro davlat tibbiyot institutida magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlaridan kirish test sinovi imtihonlari bo‘lib o‘tmokda.
Magistratura abituriyentlari kirish test sinovlarini Buxoro davlat tibbiyot institutining Test markazida tanlagan (o‘zbek yoki rus) tilda topshirishadi. Shaffoflikni taminlash maksadida imtihonlar jarayonini veb sayt orqali kuzatish imkoniyati yaratilgan.
2021-2022 o‘quv yilida institutga 29 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 197 nafar magistrantlar qabul qilinishi rejalashtirilgan edi. Bu o‘quv yilida 10 ta yangi yunalishlar ochildi. SSB va Jamoat salomatligini saqlash, Tibbiy psixologiya, Narkologiya, Travmatologiya va ortopediya, Sud-tibbiyot ekspertizasi, Patologik anatomiya, Shoshilinch tibbiy yordam, Pediatriya, Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi, Gigiyena kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir.
Test sinovlarida ham imtihon o‘tkaziladigan hududga abituriyentlar tana harorati o‘lchangan, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilingan holda kiritiladi. Talabgorlar ijtimoiy masofani saqlagan holda kompyuterlarda test savollariga javob berishadi. Imtihon jarayonlari to‘liq video kamera kuzatuvi ostida o‘tmokda.
Zarif Komilov, O‘zA