Madaniy meros obektlari ta’mirlanadi
Turkiyaning Gokalp Proje Musavirlik A.S. kompaniyasi direktori Veysel Demirtash, Bosh arxitektori, restavratsiya fanlari doktori Okan Yazgan va arxitektor Go‘ktug‘ Turkmen Buxoroga keldi.

– Mehmonlar shaharning tarixiy qismidagi retavratsiya va konservatsiya qilinishi rejalashtirilgan madaniy meros obektlarini ko‘rib chiqdi, – deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov. – Jumladan, Ark qal’asining arxeologik qismi, Masjidi Kalon, Abdulazizxon, Mirzo Ulug‘bek, Abdullaxon, Toshsaroy madrasalarida bo‘lib ularning holati va restavratsiya qilish imkoniyatlarini o‘rgandi.

Turkiyalik mutaxassislarga ko‘p yillik tajribaga ega mahalliy arxitektor va restavratorlar hamda viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlari hamrohlik qildi.

Zarif Komilov, O‘zA