Madaliyev Murodil Erkinjon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ko‘p fazali turbulent oqimlarning matematik modelini ishlab chiqish” mavzusida
Madaliyev Murodil Erkinjon o‘g‘lining 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘p fazali turbulent oqimlarning matematik modelini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zR FA M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 26-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 40-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (998 55) 520-02-45
e-mail: instmech@academy.uz