M-39 magistral yo‘lining Jizzax hududidan o‘tgan 98 kilometr qismida xavfsiz harakatlanish uchun sharoitlar yaxshilanadi
Jizzax shahri markazidagi “Istiqlol” bog‘i, unga tutash Sangzor daryosi bo‘yidagi yerlar uzoq yillardan buyon qarovsiz yotgan edi. Yil boshida 24 milliard so‘m ajratilgani natijasida bu yerlarning qiyofasi butunlay o‘zgarib, odamlar hordiq chiqaradigan maskanga aylandi.
Kelasi yil Sangzor daryosini tozalash, suv bilan to‘ldirish, piyodalar o‘tish ko‘prigi va amfiteatr qurish uchun yana 20 milliard so‘m berilishi belgilandi.
M-39 va A-376 xalqaro yo‘llarining 150 kilometri Jizzaxdan o‘tgani yo‘l bo‘yi servisini rivojlantirish uchun katta imkoniyat ekani ko‘rsatib o‘tildi. Magistral yo‘l bo‘yida alohida yo‘lakdan kiriladigan, Yevropa standarti bo‘yicha 2 tadan savdo-servis majmuasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, M-39 magistral yo‘lining Jizzax hududidan o‘tgan 98 kilometr qismida yo‘lovchi va haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash topshirildi.
O‘zA