“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari – turnir g‘olibi
"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘tkazilgan turnir finalida saralash o‘yinlarini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan Toshkentning “Lokomotiv”, Buxoroning “Buxoro” futbol klublari qoshidagi maktablar tarbiyalanuvchilaridan tarkib topgan jamoalar maydonga tushdi.
Buxoroda 14-15 yoshli bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha respublika turniri bo‘lib o‘tdi.Joylarda futbolni yanada ommalashtirish, yosh iste’dod sohiblarini aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi futbol, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport maktab-internatlari tarbiyalanuvchilaridan shakllantirilgan o‘n besh jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘tkazilgan turnir finalida saralash o‘yinlarini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan Toshkentning “Lokomotiv”, Buxoroning “Buxoro” futbol klublari qoshidagi maktablar tarbiyalanuvchilaridan tarkib topgan jamoalar maydonga tushdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida poytaxtliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Turnir g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.