“Lochin” jamoasi g‘olib
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan serjant va ofitserlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan serjant va ofitserlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.Bo‘stonliq tumanidagi harbiy qismlar, ichki ishlar bo‘limlari, tuman hokimligi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida harbiylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Musobaqada “Lochin”, “Chegarachi”, “Xumo” hamda “Intizom” jamoalari o‘zaro bahslashdi.
– Harbiy xizmat biz, yoshlarning jismonan va ma’nan chiniqishimiz, qalbimizda vatanparvarlik, burchga sadoqat kabi fazilatlarning yanada yuksalishida muhim ahamiyatga ega, – deydi “Lochin” jamoasi a’zosi Alimardon Abdulazizov. – Bu kabi sport musobaqalari, avvalo, salomatligimizni mustahkamlab, harbiy xizmatning yanada mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.
“Lochin” va “Xumo” jamoalari o‘rtasida o‘tgan final uchrashuvining asosiy vaqti va qo‘shimcha daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Penaltilar bo‘yicha esa “Lochin” jamoasi 5:3 hisobida g‘olib bo‘ldi.
G‘olib jamoalar kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.